SAMARQAND DELEGATSIYASI XITOY DAVLATIDA

Samarqand viloyatiga Xitoy davlatining Shandong provinsiyasi vakillari tashrif buyurgan edi. Tashrifda, ikki hudud tomonidan Shandong provinsiyasini Narpay va Paxtachi tumanlariga biriktirish kelishuvi tuzilgandi.

Shu kunlarda, ushbu taklifga muvofiq, Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoy davlatining Shandong provinsiyasi Sindao shahrida bo‘lib turishibdi. Delegatsiya bilan birga, tumanimiz hokimi va tadbirkorlarimiz ham ushbu shaharga tashrif buyurishgan. Tashrif davomida, ular Shandong provinsiyasining Gubernatori o‘rinbosari Suon Szyunszi va bir qator rasmiy shaxslar bilan uchrashdilar.

Tashrifdan maqsad, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlagan holda, import-eksport hajmini oshirish, yangi loyihalar asosida shartnomalar tuzish va investitsiyalarni jalb etish bo‘lib, bugun tumanimiz hokimi, tadbirkorlar hamrohligida bir nechta yirik kompaniyalarga tashrif buyurishdi.

Jumladan, eHouse yechimlari bo‘yicha jahon yetakchisi va bugungi kunda dunyodagi eng yirik EV zaryadlovchi infratuzilma provayderi hisoblangan TGOOD kompaniyasida, Xitoyning o‘nta yirik elektronika kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Hisense» korporatsiyasida hamda maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya hisoblanuvchi, “Haier” kompaniyalarida bo‘lib, ularning  ish faoliyati va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishishdi.

Tashrif davom etmoqda. Safar tafsilotlari yuzasidan yangi xabarlar berib boriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM