TASHRIF DOIRASIDA DASTLABKI KELISHUVLAR TUZILDI

Xabaringiz bor, ayni paytda Samarqand delegatsiyasi bilan birgalikda, tumanimiz hokimi va tadbirkorlarimiz Xitoy davlatining Shandun provinsiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turishibdi.

Kun avvalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Feruz Obilov va tumanimizning rasmiy delegatsiyasi aʼzolari Shandun provinsiyasining yuqori lavozimli masʼullari bilan uchrashdi.

Shundan so‘ng, tumanimiz hokimi, tadbirkorlarimiz bilan birga, dunyodagi 500 yirik korxonalari ro‘yxatida turuvchi, Xitoyning Tianjin Sulture Media So. , Ltd. tungi yoritgichlar, quyosh yoritgichlari LED displey va reklama dizayni ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi rahbari Zechun Li bilan qiymati 5 million dollarlik yangi investitsion manfaatli kelishuv imzoladi.

Kelishuvga ko‘ra, mazkur kompaniya masʼullari bizning sanoat hududimizda, tibbiy jihozlar, yengil konstruksiyali uy-joy maketlarini ishlab chiqarish va o‘rnatish hamda qadoqlovchi sex faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ular yaqin bir oy muddat ichida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borish uchun yurtimizga tashrif buyuradigan bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Qingdao Shanghe International Trade Group so., Ltd  kompaniyasi va tumanimizdagi salohiyatli eksportyor korxona  "HIRMON sity" masʼuliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida ham, qiymati 3 million dollar bo‘lgan dukkakli mahsulotlar eksporti bo‘yicha ikki tomonlama foydali bitim tuzildi.

Tashrif davom etmoqda. Safar tafsilotlari bo‘yicha yangi xabarlar berib boriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM