KASB-HUNAR MAKTABLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Yoshlarga taʼlim berish muhim vazifa. Chunki, ular olgan bilim va ko‘nikmalari kelajak hayoti uchun poydevor bo‘lishi lozim.

Shu sabab, o‘qituvchilik o‘ta masʼuliyatli kasblardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tumanimizdagi kasb-hunar maktablarida taʼlim sifatini yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, 2-son kasb-hunar maktabi binosida o‘rganishlar natijasi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, ayni paytda mazkur taʼlim dargohlarida o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan tikuvchilik, sartaroshlik, elektrogazpayvandlash va elektromontyorlik yo‘nalishlarida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga masʼuliyat bilan yondashish bo‘yicha, masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM