YOT G‘OYALARGA QARSHI MAʼNAVIY - MAʼRIFIY TADBIR

Tumanimizda "Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish-davr talabi" hamda "Biz yot g‘oyalar, axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz" mavzularida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Xalqobod va Muqimiy mahallalarining faol fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazining ilmiy xodimlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi va tumanimizning tegishli masʼullari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida, hozirgi globallashuv sharoitida ongni egallashga qaratilgan xurujlardan himoyalash uchun yoshlarda mustahkam maʼnaviyatni shakllantirish, ularni yot oqimlar taʼsiridan asrash, farzandlarimizda milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga tayangan mafkuraviy immunitet va axborot isteʼmoli madaniyatini tarkib toptirishga oid amaliy choralar ko‘rsatib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar bugun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Zero, barchamiz har bir yosh avlod kelajagi uchun masʼulmiz. Shunday ekan ularning tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM