TUMANIMIZNING YOSh SOZANDALARI SARALAB OLINDI

Xabaringiz bor tumanimizda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida, yoshlar o‘rtasida turli musobaqa hamda tanlovlar tashkil qilinmoqda.

13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham "Milliy va Zamonaviy cholg‘u ijrochiligi" tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda, tuman hokimining o‘rinbosari, tegishli tashkilot masʼullari, yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tanlov davomida yosh sanʼatkorlar o‘z chiqishlarini ishtirokchilarga havola qildilar. Tuman madaniyat bo‘limi masʼullari esa, eng isteʼdodli yosh sozandalarni g‘olib deb topishdi.

Musobaqa g‘oliblari tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM