TIL - MILLAT KO‘ZGUSI

Tumanimizdagi "Kitob olami" kutubxonasida tuman hokimligi masʼullari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tuman bo‘limi vakillari, Respublika Maʼnaviyat tuman bo‘linmasi xodimlari va tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan badiiy-maʼnaviy kecha uyushtirildi.

"Til-millat ko‘zgusi" mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda tumanimizning o‘tkir qalam sohiblari, shoirlari hamda yosh ijodkorlari o‘z ijod namunalarini ishtirokchilarga havola etishdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yoshlarga o‘z ona tilimizning qadr-qimmati xususida tushunchalar ham berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM