“Onalar bog’i” - yashil maydonlarimiz kengayishiga hissa qo‘shmoqda

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan hududlarda tashkil etilayotgan “Onalar bog‘i” yashil maydonlar kengayishiga xizmat qilmoqda.

Narpay tumanida ham ushbu xayrli ish keng quloch yozdi. Salovat mahallasidagi bo‘sh turgan 0,10 gektarlik maydonda “Onalar bog‘i” barpo etildi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Zebiniso Raxmanova, “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Gulbahor Husanova, tuman hokimining o‘rinbosari Marhabo Ochilova, mahallaning nuroniy onaxonlari hamda faol xotin-qizlar jonbozlik ko‘rsatib, “Onalar bog‘i”  uchun ajratilgan maydonga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

Nuroniy onaxonlar ushbu ezgu an’ana xayrli va bardavom bo’lsin, deya duoga qo’l ochishdi. Oilada farzand tug’ilsa, unga atab ko‘chat o‘tqazish – xalqimizda ulug‘ qadriyat ekanligi yana bir bor esga olindi. Binobarin, inson tabiat bilan uyg‘un hayot kechirsagina, ezgu maqsadlariga erisha oladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM