TUMAN ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI BUGUNDAN KUCHAYTIRILGAN REJIMGA O‘TDI

Tumanimizda isteʼmolchilar soni 44 494 tani tashkil etadi. Bugungi kunda tumanimizda jami 568 ta transformator mavjud bo‘lib, yil boshidan aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida ushbu transformatorlarda joriy yoki mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.

Debitor qarzdorliklarni undirish hamda tarmoqqa noqonuniy tarzda ulangan abonentlarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 53 ta holat aniqlangan bo‘lib, tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugun tuman hokimi sektor rahbarlari hamrohligida tuman elektr taʼminoti korxonasi jamoasi bilan muhokama o‘tkazdi.

Tuman hokimi hududlarda kuz-qish mavsumiga jiddiy eʼtibor qaratish, transformatorlar sozligini ko‘zdan kechirish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish, noqonuniy holatlarni aniqlash yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Maqsad bitta - Aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM