NARPAYNING QULUPNAYLARI

“Narpay invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada Koreya texnologiyasi asosida yetishtirilayotgan "Talixan" navli yer tut (qulupnay) hosili pishib yetildi.

Ayni paytda, ushbu mahsulot Samarqand, Navoiy va Toshkent shaharlaridagi yirik savdo komplekslariga buyurtma asosida yetkazib berilyapti.

Maʼlumot uchun qulupnayning bu navi yerga ekilganidan 80 kun o‘tgach hosilga kiradi. Pishib yetilgan hosilning bir donasi 50-60 grammgacha tosh bosishi mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM