TAʼLIM DARGOHLARIDA

Tumanimiz bo‘ylab, Investitsiya dasturi doirasida ko‘plab bunyodkorlik davom etmoqda.

Misol uchun, "Amirbek montaj qurilish" MCHJ tomonidan Muqimiy mahallasidagi 9-son maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida qurilish ishlarini sifatini o‘rgandi.

Shu kabi, 43,44,60-62-umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, yangidan o‘rnatilgan qozonxonalarning holati va sinf xonalaridagi issiqlik tizimi, o‘quv jarayoni va boshqa bir qator ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma va aniq topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM