Endi tuman DXMdan “Qizil pasport” olish mumkin

Maʼlumki, 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan edi. Hozirga qadar mazkur xizmat faqat Samarqand shahar hamda Pastdarg‘om tuman Davlat xizmatlari markazlarida mavjud edi. 

Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishlarida yana-da qulaylik yaratish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tumanimizdagi Davlat xizmatlari markazida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati ishga tushdi. 

Endilikda fuqarolar nafaqat IIB bo‘limida, balki Davlat xizmatlari markaziga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilib, ushbu qulaylikdan foydalanishlari mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM