Topshiriqlar ijrosi amalda

QISH ESHIK QOQMOQDA

Maʼlumki , kuni kecha Yurtboshimiz rahbarligida gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda bir talay ishlar amalga oshirilmoqda.

Erta tongdan tuman hokimi sektor rahbarlari, Respublika ishchi guruhi vakillari hamrohligida kuz-qish mavsumiga masʼul tuman shtabi aʼzolari va mutasaddi xodimlar bilan mavsum masʼuliyati haqida suhbatlashdi.

Bunda kuz-qish mavsumiga aholi va ijtimoiy soha muassasalarining tayyorligi, ularning ehtiyoji uchun ko‘mir yetkazib berish, qo‘shimcha zaxira yaratish masalasida so‘z yuritildi. Bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM