TANLOVNING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI

2-son kasb-hunar maktabida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, mahalla faollari, oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tanlovda tumandagi 120 nafardan ortiq, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Bellashuvda g‘olib bo‘lgan qizlarga faxriy yorliqlar hamda keyingi bosqichga yo‘llanmalar topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM