KENG KO‘LAMDA HASHAR O‘TKAZILADI

 

Joriy yilning 4-5-noyabr kunlari tuman bo‘ylab katta hashar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Unga ko‘ra joylarda "Yashil makon umummilliy" harakati doirasida mahallalarda, aholi xonadonlarida bo‘sh turgan yer maydonlariga, ijtimoiy soha obyektlariga, tadbirkorlik subyektlariga, korxona-tashkilotlarga daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ko‘chat ekish barobarida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, mo‘tabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.

Shu kabi, ulamolarimiz qabrlarni ehtirom qilishlikni sunnat ekanligini taʼkidlashgan. Ota-bobolarimiz mangu qo‘nim topgan joy – qabristonlarni tozalash biz tiriklarning muqaddas burchimizdir.

Azizlar! Ko‘chat ekish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tumanimiz bo‘ylab, katta hashar boshlanmoqda. Barcha fuqarolardan mahallangizdagi qabriston va ziyoratgohlarni tozaligiga befarq bo‘lmasliklariga chaqiramiz!

Barchamiz obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etaylik!

Obodonlashtirishda to‘plangan barg va xazonlar uyumini yoqmang!

Osmonimiz musaffoligi, atmosfera havosini tozaligi kelajak avlodlarimiz uchun bizlardan qoluvchi meros. Uni asrash har bir fuqaroning burchidir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM