OLTI MAHALLA ORALAB

Tuman hokimi Zirabuloq hamda Imom al-Buxoriy nomli ko‘chalarda joylashgan mahallalarni ko‘zdan kechirdi.

Yo‘l-yo‘lakay Islom shoir, Farovon, Alisher Navoiy, Islomobod, Zirabuloq va Yangiobod mahallalari ko‘chalarida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, aholi xonadonlari, fuqarolarning turmush tarzi, yashash sharoitini o‘rgandi.

Ushbu ko‘chada aholi xonadonlarini tartibga keltirish, ko‘chalarni tozalash, daraxtlarni oqlash va ko‘chat ekish, xonadon hamda tadbirkorlik so‘byektlarini fasad qismini pardozlash, ariqlarni tozalash kabi bir qator masalalarda so‘z yuritildi.

Shu kabi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda kommunal to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish masalalari yuzasidan fuqarolarga tavsiyalar berildi.

Ushbu ko‘cha tuman tibbiyot birlashmasiga olib boradigan ko‘cha hisoblanadi. Yaqin orada ko‘cha to‘liq tartibga olinib, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish rejalari ham ishlab chiqilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM