MAVSUMGA TAYYORGARLIK HOLAT O‘RGANILDI

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ibragimov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘limi boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Jo‘raboyev Narpay tumanida bo‘lib, tuman hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Dastlab Salovat mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish shahobchasidagi mavjud qozonxonalarning ahvoli ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, Mirbozorda barpo etilayotgan yangi tibbiyot maskani qurilish maydonida bo‘lib, ushbu kompleksni qurilish ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalalari muhokama qilindi.

Shu kabi, Mirbozor podstansiyasi elektr tarmoqlarining muhofaza hududlari ko‘zdan kechirilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Bundan tashqari, 17-umumtaʼlim maktabidagi qozonxonalar, issiqlik tizimi va sinf xonalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM