YANA IKKITA TEXNIKA OLIB KELINDI

"Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar" degan maqol bejiz emas.

"Anvarjon biznes invest" masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari tumanimizning ozodaligini saqlash hamda aholi xonadonlarida to‘plangan chiqindilarni bartaraf qilish uchun tinim bilmay ter to‘kishadi.

Ammo ish unumdorligini oshirishda ularga maxsus transportlar yordamga keladi.

Xodimlarga qulaylik yaratish, ish samarasi va sifatini oshirish maqsadida, "Anvarjon biznes invest" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2 dona maxsus chiqindi yig‘uvchi transportlar olib kelindi.

Ushbu zamonaviy transport vositalari qariyb 2 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga keltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM