ERTANGI HOSIL UCHUN BUGUNDAN HARAKAT QIL!

Tumanimizda qishloq xo‘jaligi sohasining tinim bilmas vakillari tomonidan kuz-qish mavsumiga yer maydonlarini tayyorlash ishlari qizg‘in surʼatda olib borilmoqda. Jumladan, 2024-yil hosili uchun 13459 gektar yer maydonlarini shudgorlash rejalashtirilgan.

Shundan, hozirga qadar aksariyat maydonda shudgorlash ishlari yakunlanib, ayni paytda esa, Alisher Navoiy MMTP hududidagi Ilg‘or O‘roz Shukur nomli, G‘alaba MMTP ga qarashli Narpay Xusan dalasi hamda Bobur MMTP hududidagi Saxovat davr tongi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari jadallik bilan shudgorlanib bormoqda.

Albatta, ekin maydonlarini shudgorlash qishloq xo‘jaligidagi mahsulotlarning hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga yerning unumdorligi ham sezilarli darajada oshadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM