MELIORATSIYA TIZIMIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

Tumanda jami 27443 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari mavjud bo‘lib, shundan 16708 gektar qismi kollektor-drenaj tarmoqlari bilan taʼminlangan.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida, 484,876 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari qazilgan. Uning 476,299 kilometri ochiq kollektorlar, 8,577 kilometri esa, yopiq-yotiq drenajlardir.

Aslida zovurlar qazishdan ko‘zlangan maqsad yer osti sizot suvlarini sathini normada ushlab turish va yerlarning sho‘rlanishini oldin olish bo‘lib, bunda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi oshadi.

Meliorativ ekspeditsiya obyektlarida joriy yilda dastur asosida 95,0 kilometr zovur qazish ishlari rejalashtirilgan. Ayni paytda, 65.5 kilometr masofada qazish ishlari bajarilgan.

Shu kunlarda, fermer xo‘jaliklarida ham ariqlarni tozalash va qazish ishlari amalga oshirilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM