QUYOSHDAN ENERGIYA OLUVCHI YORITGICHLAR O‘RNATILMOQDA

Ahillikning ahil aholisi yana bir bor o'zlarining hamjihat va birdamligini ko'rsatishdi. Ular mahalla ichki yo'llariga tungi yoritgichlar o'rnatishyapti.

E'tiborlisi shundaki, mazkur chiroqlar maxsus quyosh zaryadlovchi yoritgichlar sanaladi.

Ya'ni ulardan foydalanish uchun hechqanday elektr ta'minoti shart emas. Kunbo'yi quyosh nuridan energiya olib tunda yo'llarni charog'on qiladi.

Bu bilan ular o'zlariga qulaylik yaratish bilan bir qatorda elektr energiyasini ham tejashadigan bo'ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM