RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI NARPAYDA

Maʼlumki, Salovat mahallasida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla tamoyili ostida olib borilayotgan ishlar hamda hududdagi har bir sohani rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Bugun mazkur yo‘l xaritasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida, respublika ishchi guruhi tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, respublika vakillari tuman hokimi va tegishli masʼullar bilan birgalikda mahalla hududidagi kasb-hunar va umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumi doirasida amalga oshirilgan ishlar shuningdek, mahalla hududida, qabristonlarda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM