SOLIQ INSPEKSIYASI FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY MUHOKAMA QILINDI

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, narxlarning sunʼiy oshirilishining oldini olish, oshxonalar faoliyatini yana-da rivojlantirish, noqonuniy faoliyatga chek qo‘ygan holda soliq tushumlarini oshirish birlamchi vazifadir.

Masʼul tashkilotlar vakillaridan tarkib topgan ishchi guruh aʼzolari ishtirokida tuman Soliq inspeksiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganib chiqildi.

O‘rganish xulosalari bo‘yicha Soliq inspeksiyasi rahbari va xodimlari ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada tuman hokimi aniqlangan kamchiliklar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berib, muddat belgiladi.

Qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ygan mutaxassislarga qonun doirasida chora ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi  qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, qonuniy tushumlarni taʼminlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan alohida to‘xtaldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM