TUMANIMIZNING YОSH CHEMPIONLARI

16, 17, 18- noyabr kunlari Samarqand shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator tumandoshlarimiz turli vazn toifalari bo‘yicha ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Abu Bakr Yo‘ldashev 44 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Abduhakim Berdiyorov 30 kilogramm vaznlilar ichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Mustafo Abdumalikov 24 kilogramm, Umidjon Umrzoqov 52 kilogramm va Behruz Neʼmatov 52 kilogrammdan yuqori bo‘lganlar orasida 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Biz yosh sportchilarimizga kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishlarida omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM