YОSHLAR - KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Maʼlumki, hozirda mahalla yoshlar yetakchilari “7+2” tamoyili asosida faoliyat olib bormoqda.

Mazkur ishlar davomida og‘ir toifadagi va huquqbuzarliklarga moyil yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, har oyda kamida 1 dona kitob mutolaa qilish, isteʼdodlarni qo‘llab quvvatlash kabi yana bir masalalarga eʼtibor qaratilyapti.

Tuman hokimligi majlislar zalida mazkur topshiriq ijrosini tumandagi mahalla yetakchilari tomonidan taʼminlanish holati tahlil qilindi.

Tahlillar natijalariga ko‘ra, ayrim mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faoliyatida yaʼni, vazifalarni ijrosini taʼminlashda mahalladagi yoshlar yetakchilarining ijro intizomiga rioya etishi, funksional vazifasini o‘z vaqtida bajarishi qoniqarsiz deb baholandi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi yoshlar yetakchilariga o‘zlariga qanchalik muhim vazifalar ishonib topshirilayotganligi, mahallalardagi yosh avlod kelajagi va turmush tarzida ularning muhim o‘rin tutishi hamda barcha yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatiga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligini taʼkidladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM