BAYRAM DASTURXONI YOZILDI

1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida eʼlon qilindi. Ushbu kunning o‘tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.

Mazkur kun munosabati bilan Salovat mahallasidagi Javohir bazmgohida nogiron fuqarolarga ehtirom ko‘rsatildi. Ular uchun bayramona dasturxon yozilib, osh tortildi.

Shu kabi nogironligi bor 25 nafar fuqaroga aravacha, hamda bir qator imkoniyati cheklangan tumandoshlarimizga qo‘ltiqtayoq, hassa, eshitish moslamasi va boshqa reabilitatsiya vositalari berildi.

Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM