Fuqarolar diqqatiga!

YTB maʼlumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tuzilmaviy cheklovlarning asosiy manbai suv resurslarining yetishmasligi hisoblanadi.

Kelgusida qurg‘oqchil mamlakatlarda tanqislik faqat kuchayadi va bu qishloq xo‘jaligi yerlari va tomorqa yerlarini kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi.

Samarqand viloyatini suvga bo‘lgan talabini esa, 98 foiz miqdorini qondiradigan Zarafshon daryosidir. So‘ngi yillarda ushbu daryoning suv taʼminoti o‘rtacha ko‘p yillik meʼyordan 18-22 foizga kamayib borgani xolda, Zarafshon daryosi havzasi hududidagi aholi sonining ortib borishi natijasida suv tanqisligi tobora kuchli sezilmoqda.

Shu sababli, davlatimiz rahbari tashabbusi hamda viloyatimiz hokimining murojaatiga asosan, suvni ortiqcha sarflashni oldini olish maqsadida, joriy yildan “Suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimi”ga o‘tiladi.

Shundan kelib chiqib, 2023-2024 yil kuz qish mavsumida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yili”deb belgilandi.

Shu asnoda, tumanimizda “Xar bitta fermer bir kilometr ariq betonlashtiradi” tamoyili asosida fermer xo‘jaliklari va klaster tomonidan ichki ariqlarni qazish hamda betonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Aziz tumandoshlar, sizlar ham mazkur ishlarda mahalla hamda fermer xo‘jaliklari raislariga yelkadosh, shu bilan birga, o‘zingizga tegishli hududlardagi ariqlarni qazishda faol bo‘lishingizni so‘raymiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM