TOPSHIRIQLAR IJROSI AMALDA

Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari o‘z hududlarida qishloq xo‘jaligi sohasidagi masʼullar, irrigatorlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari raislari ishtirokida ariq va zovurlarni betonlashtirish, ularni qazish, tozalash masalalarida seminarlar tashkil etishdi.

Jami 14 ta hududda bo‘lib o‘tgan seminarlar davomida asosan ushbu ishlarni qisqa muddatda sifatli qilib bajarish, bunda barchani to‘liq safarbar qilish va boshqa shu xususidagi fikrlar ilgari surildi.

Ushbu tadbirlarga sabab qishloq xo‘jaligi tizimida hududlarda suv tanqisligi muammosi tobora ortib borayotgani tufayli 2023-2024 yil kuz-qish mavsumida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yili”deb belgilanganligi taʼkidlandi.

Shu qatorda, faoliyat turidan qatʼiy nazar “Xar bir fermer xo‘jaligi bir kilometr ariqlarni betonlashtiradi va barcha ariq, zovurlarni to‘liq tozalaydi” tamoyili asosida fermer xo‘jaliklari va klaster tomonidan ichki ariqlar betonlashtirish ishlari boshlanganligi ko‘zdan kechirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa, suvni ortiqcha isrof qilishni oldini olishdir.

Shuningdek, seminarlar davomida ariqlarni betonlash va ularni qazish, tozalash bo‘yicha ishlar barcha hududlarda birvarakayiga boshlab yuborildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM