HASHAR ISHLARI MAHALLALARDA

Hududlarda suv tanqisligi muammosi tobora ortib borayotgani tufayli 2023-2024 yil kuz-qish mavsumida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yili”deb belgilanganligi taʼkidlandi.

Kuni kecha faoliyat turidan qatʼiy nazar “Xar bir fermer xo‘jaligi bir kilometr ariqlarni betonlashtiradi va barcha ariq, zovurlarni to‘liq tozalaydi” tamoyili asosida fermer xo‘jaliklari va klaster tomonidan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda, mahallalarning ichki ko‘chalaridan kesib o‘tgan ariqlarni tozalash, qazish hamda betonlash ishlari boshlab yuborilgan. 

Bundan ko‘zlangan maqsad esa, suvni ortiqcha isrof qilishni oldini olishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM