ATMOSFERAGA YETKAZILGAN ZARAR UCHUN JARIMA BOR

Shu kunlarda tabiatga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida bir qator eʼlonlar berilib, targ‘ibot ishlarini o‘tkazishmoqda.

Jumladan, to‘planib qolgan xazonlarni yoqib yuborish atmosferaga jiddiy zarar yetkazishi haqida tushunchalar berilyapti.

Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi P.S qonunga xilof ravishda barg xazonlariga o‘t qo‘yganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi.

Hurmatli fuqarolar! Siz ham ushbu holatga yo‘l qo‘ymang. Ozgina erinchoqligingiz evaziga atmosferaga zarar yetkazishingiz va katta miqdorda jarima to‘lashingiz mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM