QONUN USTUVOR BO‘LSA, TARTIB BARQAROR BO‘LADI

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yana-da qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Shu boisdan, barcha mahalliy davlat hokimiyati idoralari hamda tashkilotlar tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlab, ularga amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.

Tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanyapti degani, hamma istagan joyidan xohlagan binosini qurib olib tadbirkorlik qilaversin degani emas albatta. Axir qonun ustuvor yerda tartib va rivojlanish bo‘ladi.

Kadastr agentligi Narpay tuman bo‘limi xodimlari tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va yer maydonlarini nazorat qilish tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida, Islom Shoir mahallasida yashovchi fuqaro N.X, Navro‘z mahallasi fuqarosi R.I, hamda Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi B.G‘ lar Zirabuloq magistral gaz quvurlari muhofaza hududidagi yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab, u yerga bir nechta ko‘chma do‘konlar o‘rnatib olganliklari aniqlandi.

Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar yuzasidan, tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Hurmatli fuqarolar yerga noqonuniy egalik qilib, yengil konstruksiyali imorat tiklash bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, og‘ir konstruksiyali imorat qurish esa, 150 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi. Buni zinhor unutmang!

Aziz hamyurtlar, eslatib o‘tamiz! Agarda siz tadbirkorlik qilish maqsadida bino qurmoqchi bo‘lsangiz, tuman qurilish bo‘limiga yoki kadastr agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM