Murojaatnoma!

Fuqarolar diqqatiga! Hurmatli tumanimiz ahli, agarda siz tuman tibbiyot birlashmasiga o‘z salomatligingiz bo‘yicha murojaat qilsangiz.

Murojaat qilgan shifokoringiz sizga dori vositalari ro‘yxatini yozib berayotganda, albatta maxsus muhri mavjud bo‘lgan rasmiy blankaga yozib berishini talab qilishni unutmasligingizni so‘rab qolaman.

Mazkur holat har qanday vaziyatda ham sizga va siz murojaat qilgan shifokorga rasmiy hujjat sifatida xizmat qiladi.

Agar ushbu holat yuzasidan qandaydir muammoga duch kelsangiz quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin bo‘ladi:

+99(866) 240-04-05
+99(893) 725-47-70

Sh. Parmonov,
Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM