FUQAROLAR SALOMATLIGI DAROMAD MANBAI EMAS!

Ayni paytda, tumanimizda 28 ta dorixona hamda 4 ta xususiy diagnostik tibbiy markazlar faoliyat yuritmoqda.

Tuman hokimi Soliq inspeksiyasi rahbari hamda tegishli masʼullar ishtirokida, tumanimizdagi dorixonalar rahbarlari, xususiy tibbiy markazlar va ularda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan muhokama o‘tkazdi.

Muhokamada, sohaning barcha vakillariga o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan vijdonan yondashishlari, shifokorlar bilan o‘zaro kelishuv asosida dori-darmon sotmasliklari va moddiy manfaat yo‘lida aholi salomatligini xavfga qo‘ymasliklari taʼkidlandi.

Shuningdek, tegishli tashkilot vakillarining o‘rganishlari davomida aniqlangan muddati o‘tib ketgan va isteʼmolga yaroqsiz bo‘lgan dori-vositalarini hamon xalqimizga sotayotgan tadbirkorlar faoliyati qattiq tanqid ostiga olindi.

Suhbat yakunida tadbirkorlarga faqatgina moddiy manfaatini o‘ylab fuqarolar salomatligiga panja ostidan qaramasliklari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida bir qator aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM