NARPAYDA YIRIK LOYIHALAR QURILISHI DAVOM ETMOQDA

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga katta eʼtibor qaratilib, ishbilarmonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shu bois tumanimizda ham tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalari soni ortib boryapti.

Jumladan, tumanimiz hududidagi "Maroqand sifat" masʼuliyati cheklangan jamiyatida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona qurilmoqda.

2024-2026-yillarda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ushbu loyihaga 1 million 200 ming dollar pul mablag‘lari jalb qilingan.

Tuman hokimi mazkur korxonaning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, loyiha rahbari bilan bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar xususida suhbatlashdi.

Shuningdek, tashrif davomida "Maroqand sifat" masʼuliyati cheklangan jamiyatida barpo etilayotgan yirik biolaboratoriyada olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

Ushbu biolaboratoriya ishga tushirilishiga 35 milliard so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligida ekinlarga jiddiy xavf tug‘diradigan zararkunandalarga qarshi kurashadigan hasharotlar yetishtiriladi.

Maʼlumot uchun, bu ikki yirik loyiha ishga tushishi natijasida 100 lab fuqarolarning doimiy bandligi taʼminlanadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM