PROFILAKTIK SUHBAT

Baxt mahallasida yashovchi fuqaro D.K 2023-yil 6-dekabr kuni kuni soat 12:00 atrofida "Mirbozor bozori" masʼuliyati cheklangan jamiyati bozori hududida, voyaga yetmagan 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro M.K bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchiligi sababli janjallashib qoladi.

Janjal vaqtida, fuqaro D.K, M.Kning qorin sohasiga cho‘ntak pichog‘i bilan bir marta uradi.

Natijada, M.K tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqiziladi.

Salovat mahallasi fuqarolari va "Mirbozor bozori" masʼuliyati cheklangan jamiyati bozorida faoliyat olib boradigan tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu masala muhokama etildi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda, yoshlarga berilayotgan tarbiya, qonunga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM