SAYYOR SUD MAJLISI

Yurtimizda o‘tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik" xavfsiz hudud maxsus tadbirlari doirasida, IIO Probatsiya binosida nazoratida turgan shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud majlisida, sodir etgan jinoyatlaridan pushaymon bo‘lgan 6 nafar fuqarolar jazolaridan shartli ozod etildi.

Shu kabi tayinlangan jazolarini o‘tashdan bo‘yin tovlab kelayotgan, jinoiy qilmishini anglab yetmagan 2 nafar shaxsning jazosi og‘irroq jazo turiga almashtirlidi.

Sud majlisi yakunida, jinoyat yo‘liga kirgan nazoratdagi shaxslarga,to‘g‘ri yo‘lni tanlash, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lish borasida tavsiyalar hamda ijtimoiy-huquqiy masalalar bo‘yicha tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM