YANGI YILGA TAYYORGARLIK ISHLARI QANDAY?

Qish kunlarida yurtimizda keng miqyosda nishonlanadigan yangi yil bayrami ham tobora yaqinlashib bormoqda.

Tumanda bu shukuhli tantanaga katta hozirlik ko‘rilmoqda. Ko‘chalar, guzarlar, korxona, tashkilotlar va aholi xonadonlarining bayramona bezatilayotgani fuqarolarda yangi yil kayfiyati qanchalik ko‘tarinki ruhda ekanligining yaqqol namoyondasidir.

Bu kabi ezgu niyat hamda xush kayfiyat ila amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari 15-dekabrgacha davom etadi.

Siz ham shu fursat davomida, o‘z ko‘changiz, hovlingiz, xonadoningizni, tadbirkorlik subyektingizni tashqi ko‘rinishini bezatib, chiroyli ko‘rinishga keltirib, o‘zingiz va boshqalarning kayfiyatiga bayramona iliqlik baxsh etishga hissa qo‘shing.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM