FUQAROLAR MANFAATI YO‘LIDA

Tumanimizda sektor rahbarlarining fuqarolarni ommaviy sayyor qabul qilishi bo‘yicha maxsus jadval tuzilgan.

Mazkur jadval asosida sektorlar kesimida fuqarolar muammolarini o‘rganish, masalalarini yechishda ularga ko‘maklashish maqsadida, muntazam ravishda qabullar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, Turon mahallasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va xalq qabulxonasi mudiri fuqarolar muammolarini o‘rgangan bo‘lsa, tuman prokurori Beklar mahallasi aholisini qiynayotgan masalalarni tingladi.

Shu kabi, tuman IIb boshlig‘i Bo‘ston mahallasi, tuman soliq inspeksiyasi rahbari esa, Oqtosh mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Mazkur tashkil qilingan qabullar davomida, tumanimiz ahli tomonidan ichimlik suvi, gaz, ichki yo‘llar taʼmiri, elektr energiyasi, bandlik kabi masalalar ilgari surildi.

Kelib tushgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida, masʼullarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, qabullar davomida, fuqarolarga jamoatchilik ishlarida faol bo‘lish, kuz-qish mavsumi va yangi yil bayramiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, o‘z hududlaridagi ariqlarni qazish va betonlashtirish ishlarida barchaga o‘rnak bo‘lish xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM