SALOVATDAGI TADBIRLAR

“Salovat” mahallasida tumandagi 57 nafar xotin-qizlar faollari ishtirokida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” tamoyili ostida olib borilayotgan ishlar davomida to‘plangan tajribalarni barcha mahallalarda tadbiq etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida, respublika va viloyat masʼullari tomonidan ushbu mahallada amalga oshirilgan ishlar hamda ularni boshqa mahallalarda joriy etish va ommalashtirish borasida so‘z yuritildi.

Seminar so‘ngida 2023 - yil 24- noyabrdagi 8-sonli bayonda ko‘rsatilgan vazifalar haqida xotin-qizlar faollariga tushunchalar berildi.

Shuningdek, mazkur mahalla yoshlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa ham tashkil etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM