ENG OLIS HUDUDLAR HAM SIFATLI INTERNET BILAN TA‘MINLANMOQDA

Hozirda, kundalik hayotimizni internet aloqalarisiz tasavvur qilishimiz qiyin.

Shu bois, tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari tomonidan fuqarolarni sifatli internet aloqasi bilan taʼminlash borasida, bir qator rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanimizning eng chekka hududlaridan sanalgan Totkent mahallasining Orzigul qishlog‘i aholisiga qulaylik yaratish va ushbu hududga sifatli internet aloqasini yetkazish maqsadida, qariyb 7200 metr masofadagi optik tolali kabellar tortildi.

Bu kabi ishlar tegishli dastur hamda rejalar asosida muntazam ravishda davom etib boriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM