VILOYAT MASʼULLARI HAMROHLIGIDA QABUL

Xalq qabulxonasida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda, ko‘mir olish, ishga joylashish, firibgarlikdan jabr ko‘rganlik, transformatorga kabel tortish, kredit olishda amaliy yordam kabi turli mavzudagi masalalar ilgari surildi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topildi, muddat talab etiladigan murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek qabul davomida, 10 nafar yoshlarga ID kartalar, Chaykal mahallasida yashovchi Anvar Asadovga esa, ilk marotaba O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat tantanali tarzda taqdim etildi.

Qabul yakunida, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga maishiy asbob-uskunalar  ham topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM