XALQ RIZQIGA XIYONAT QILMANG

Elektr, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Tumanimizda bu borada, tegishli tashkilot masʼullari tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, Islom Shoir nomli mahallada tabiiy gaz isteʼmolchilari tomonidan noqonuniy ravishda qo‘lbola gaz so‘rg‘ichlardan foydalanganlik holatlari aniqlangan.

Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli masʼullar tomonidan qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, elektr va gaz tarmoqlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan isteʼmolchilar tarmoqdan uzilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Siz ham kommunal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashingizni so‘raymiz. Zero bu, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni oldini olish uchun xizmat qiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM