JINOYATLARNI OLDINI OLISH BO‘YICHA MUHOKAMA

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, sektor rahbarlari, tegishli masʼullar, mahalla faollari va fuqarolar ishitrokida tumanimizda voyaga yetmagan yoshlar va xotin-qizlar jinoyatchiligining oldini olish, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, qizil toifadagi mahallalarni yashil toifaga o‘tkazish borasidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, buni keltirib chiqaruvchi omillar, mahalla mutasaddilarining loqaydligi, ota-onalarning eʼtiborsizligi tanqid qilindi. 

Qayd etildiki, tarbiyani kechiktirib bo‘lmaydi. Yoshlar taʼlim-taribsiga keng jamoatchilik birdek masʼul. Mahalla masʼullari har bir xonadonga kirib, ularning muammolarini o‘rganishi, do‘stona suhbatda bo‘lib, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashishi, ishlashi istagidagi fuqarolar bandligini taʼminlashi, kasb-hunar o‘rganishga jalb etishi zarurligi taʼkidlanib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar keltirildi. 

Profilaktika inspektorlari kunu tun hushyorlik bilan o‘z mahallasida tinchlik, osoyishtalik va aholi xavfsizligini saqlashi, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda masʼuliyat bilan xizmat olib borishi aytildi. 

Zero, oilalar tinch bo‘lsa, mahalla tinch, yurt obod bo‘ladi. Yig‘ilish yakunida har bir mahallada jinoyatchilik illat ekanligi borasidagi targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM