PROFILAKTIK SUHBAT

2023-yil 26-aprelda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.M, qarindoshi tumanimizdagi Sarbozor mahallasi fuqarosi bo‘lgan A.N ga o‘zining Kobalt rusumli avtomashinasini sotgan. Fuqaro A.N, A.M ga 78 million so‘m miqdordagi pul mablag‘larini bergan. Keyinchalik, mazkur avtomashina hisobida bankdan 158 million so‘m miqdordagi qarzdorlik mavjudligi maʼlum bo‘lgan.

Yana bir holatda esa, Mustaqillik mahallasida yashovchi fuqaro F.M Navro‘z mahallasi fuqarosi A.T ning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan 7000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritadi.

Sarbozor va Navro‘z mahallalari fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida ushbu masalalar muhokama etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda, firibgarlik hamda kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlardagi notanish va shubhali har qanday saytlardan uzoq bo‘lish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM