XIYOBON QURILISH ISHLARI AVJ PALLASIDA

Maʼlumki, tuman markazida joylashgan Farovon, Narpay va Nog‘oraxona mahallalaridan kesib o‘tgan Narpay kanali atrofida piyodalar yo‘lakchasi, veloyo‘lak, tungi yoritgichlar o‘rnatilgan moʻjaz xiyobon barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilib, bu bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Tuman hokimi, tuman prokurori va tegishli masʼullar hamrohligida loyiha bo‘yicha hududda jadal surʼatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni paytda, kanal atrofida noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan tiklangan binolar qonuniy tartibda buzilib, xiyobonni qurish mo‘ljallangan yer maydoni ochilmoqda.

Loyihani amalga oshirishga tegishli tashkilotlar, maxsus texnikalar jalb qilingan bo‘lib, bunda mahallalarning faol fuqarolari ham ko‘mak beryapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM