#Rekord

ALBERT EYNSHTEYNDAN HAM YUQORI NATIJA QAYD ETGAN TUMANDOSHIMIZ

International serifisation dasturi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro IQ testida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi tumanimizning Dedan mahallasida istiqomat qiluvchi Zohidjon Jumanazarov 180 ball to‘plab, yuqori natija qayd etdi.

2023 yil 4 dekabr sanasiga ko‘ra u xalqaro reytingda Kirill Kozlovdan keyin 2-o‘rinda turibdi.

Maʼlumot uchun, mashhur fizik Albert Eynshteyn va taniqli musiqachi Amadey Motsartlarning IQ bali 160 atrofida deb baholanadi. Shuningdek, shaxmat bo‘yicha 11 karra jahon chempioni, fantastik xotira sohibi Bobbi Fisher ham IQ test topshirib, 180 ball to‘plagan edi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM