TADBIRKOR - ELGA MADADKOR!

Tuman hokimi va sektor rahbarlari, tumanimiz hududida faoliyat olib boradigan, Xitoy xalq respublikasiga Samarqand delegatsiyasi bilan birga borib, bir qancha foydali memorandum hamda kelishuvlarga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, xitoylik investorlar bilan tuzilgan shartnomalar va loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan hamda rejalashtirilayotgan ishlar bilan qiziqildi.

Shuningdek, barcha ishbilarmonlarga investorlarni jalb qilish va ular bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish borasida qonun doirasidagi ko‘maklar berilishi taʼkidlandi.

Uchrashuvdan so‘ng esa, tadbirkorlar uchun qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida yer, soliq va elektr energiyasi kabi bir qator masalalar ilgari surildi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM