#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yana kompensatsiya muammosi, kambag‘al moli himoyasizmi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Unda Narpay tumani O‘zbekkenti mahallasida yashovchi fuqaro Boboqulov Murodulla shu hududdagi M-37 Avtomagistral yo‘li yoqasidagi do‘konini buzib tashlaganligidan va ushbu do‘kon buzilishi bo‘yicha kompensatsiya berilishini bayon etgan.

Ushbu vediolavha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Narpay tuman filialidan quyidagi mazmunda xat oldik:

   Fuqaro Boboqulov Murodulla nazarda tutgan do‘kon binosi Narpay tuman hokimining 2000 yil 14 apreldagi 272-Q sonli qaroriga asosan savdo rastasi qurish uchun 0,03 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, mazkur qarorga asosan yer uchastkasi va bino-inshooti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

2010 yillarda M-37 Avtomagistral yo‘li kengayishi munosabati bilan o‘z ixtiyori bilan fuqaro Boboqulov Murodulla tomonidan buzib olinganligini maʼlum qilamiz.

Do‘kon buzilishi munosabati bilan olinadigan kompensatsiya olishi uchun belgilangan tartibda sudga murojaat etishini bildiramiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM