QO‘MONDON KUBOGI UCHUN BELLASHUV

Yurtimiz bo‘ylab, "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, respublikamiz miqyosida, yoshlar o‘rtasida "Qo‘mondon kubogi" uchun futbol musobaqasi tashkil qilingan.

Tumanimizda musobaqaning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda yosh avlod vakillaridan tarkib topgan bir qator futbol jamoalari ishtirok etishdi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Tinchlik mahallasi jamoasi 1-o‘rin, Oqtosh shahri jamoasi 2-o‘rin hamda Yangiobod mahallasining TIP-1 jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Turnirning hududiy bosqichida g‘oliblikli qo‘lga kiritgan jamoa vakillari musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM