NARPAYDA "MAHALLADA DUV-DUV GAP" TADBIRLARI

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab joylarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu qatorda, tumanimizda ham bu kabi tadbirlar maxsus belgilangan jadval asosida barcha mahallalarda birin-ketin o‘tkazilib borayotir.

Bu galgi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Totkent va Chaykal mahallalari aholisi o‘rtasida tashkil qilinib, unda Respublika nuroniylar jamg‘armasi masʼullari, viloyat buvijonlar maktabi rahbari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, tegishli masʼullar hamda erkin ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.

Shuningdek, madaniy-maʼrifiy kechada ijodkorlar, sanʼatkorlar va estrada xonandalarining chiqishlari davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishlayapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM