BOLAJONLAR UCHUN QIZIQARLI SPEKTAKLLAR

Taʼtil vaqtida bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini unumli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun qiziqarli spektakllar namoyish etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 36-son madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Bunda, I.CHernishev asari asosida sahnalashtirilgan "Super-quyon" ertak komediya spektakli hamda V.Orlov asari asosida ijro qilingan "Mening mehribon dadam" spektakllari bolajonlar eʼtiboriga havola etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM